Yangiliklar ·

Sirdaryo viloyatida $300 mlnlik Vengriya loyihalari amalga oshirilmoqda

Shuningdek, hukumat suv yo‘qotishlarini sezilarli darajada kamaytirish va hosildorlikni oshirishni rejalashtirmoqda.

Nega bu muhim

Prezidentning Sirdaryo viloyatidagi nutqi viloyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi — qishloq xo‘jaligi va suv resurslaridan tortib xalqaro investitsiyalar, sanoat va mahallalarni raqamlashtirishgacha. Mintaqa suvni tejash va agrar sohaga keng ko‘lamli investitsiyalarni jalb qilmoqda. Oziq-ovqat xavfsizligi va hosildorlik oshmoqda.

Nima bo‘ldi

  • Gulistonda yirik savdo va ko‘ngilochar majmua qurilishi ma’lum qilindi.
  • Prezidentimiz viloyatda 287 ming gektar sug‘oriladigan yer borligini ta’kidladi.
  • 8 ta tumanda yiliga 2 ming gektar sholi maydonini tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish vazifasi qo‘yildi.
  • Prezidentimiz zamonaviy sug‘orish texnologiyalari samarasida suv sarfini 10 barobarga kamaytirgan boyovutlik fermerni misol qilib keltirdi.

Raqamlar va faktlar

  • 2025-yilda 16 ming gektar cho‘l hududi foydalanishga kiritilib, shundan 8 ming gektarida paxta yetishtirilib, hosildorlik 60 sentnerni tashkil etmoqda.
  • Xitoyning 50 million dollar sarmoyasi hisobidan 12 ming gektar tashlandiq yerda tomchilatib sug‘orish loyihasi boshlangan.
  • Kutilayotgan natija — 2026-yilda kamida 60 ming tonna paxta, unumdorligi past yerlarni ozuqa ekinlariga o‘tkazish rejalashtirilgan.
  • Viloyatda Xitoyning Shimoli-g‘arbiy agrar universiteti, Yanlin yuqori texnologiyalar zonasi bilan hamkorlikda Urug‘chilik ilmiy-innovatsion markazini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Vengriya bilan hamkorlik

  • Bonafarm kompaniyasi mintaqani parranda go‘shti va tuxum bilan ta’minlaydigan parrandachilik klasterini yaratishni boshladi.
  • Xovos tumanida 50 gektar maydonda texnopark tashkil etish rejalashtirilgan — bu yerda 300 million dollargacha bo‘lgan Vengriya korxonalari joylashadi.
  • Hokimlikka Vengriyaga safar uyushtirib, loyihalar to‘plamini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.
  • Vengriya, shuningdek, ikkita mahallada “aqlli qishloqlar” dasturini ishga tushirishni taklif qilmoqda: byudjet xarajatlari, muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh ish o‘rinlari va biznes imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “yagona darcha” formatida olish.

Mohiyat

  • Sirdaryo viloyati mamlakatimizning paxta, g‘alla va sholi yetishtirishga ixtisoslashgan muhim agrar hududlaridan biridir.
  • Mintaqa suv resurslariga juda bog‘liq, shuning uchun melioratsiya, tomchilatib sug‘orish va kanallarni modernizatsiya qilish masalalari strategik hisoblanadi.
  • Yilda ikki marta hosil olish va suvni tejashga sharoit yaratilmoqda.
  • Xalqaro hamkorlik, jumladan, Xitoy va Vengriya bilan aloqalar mustahkamlanmoqda.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

18+