Nega bu muhim
Soliq O‘zbekistondagi soliq va tegishli xizmatlar uchun eng yirik raqamli platformaga aylanmoqda. Ilova davlat xizmatlaridan foydalanishni osonlashtiradi va daromadlarni legallashtirishni rag‘batlantiradi.
Nima bo‘ldi
- Avgust oyida foydalanuvchilar servisga 115,8 mln marta murojaat qilgan;
- App Store’da ilova yuklab olish bo‘yicha 1-o‘rinni, Play Market’da 2-o‘rinni egalladi;
- 2024-yilda Soliq “Yil brendi” mukofotiga sazovor bo‘ldi;
- Eng ko‘p talab qilinadigan xizmatlar: soliqlarni to‘lash, xaridlar uchun keshbek, o‘zini o‘zi band qilganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, “Mening uyim” xizmati, ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish, “Soliq hamkor” dasturi, “Soliq biznes”.
Mohiyat
Soliqdan ommaviy foydalanish soliq to‘lovchilarning raqamli muhitga o‘tishini aks ettiradi. Bu oflayn xizmatlarga yuklamani kamaytiradi va iqtisodiyotning shaffofligiga yordam beradi.