Yangiliklar ·

Soliq qo‘mitasi Lactalis`ga “adashtiradigan” modda bo‘yicha qo‘llanilgan 5,4 mlrd so‘mlik jarimani bekor qildi

Soliq kodeksining 227-1-moddasi bo‘yicha jarima biznes uchun eng qattiq jazolardan biri hisoblanadi.

Nima uchun bu muhim:

Voqea shuni ko‘rsatdiki, tadbirkorlar fiskal organlarning bahsli qarorlariga e’tiroz bildirishlari mumkin. Qo‘mita jarima majburiy markirovkalash qoidalari buzilganini isbotlovchi dalillarsiz qo‘llanilganini tan oldi.

Asosiy faktlar:

  • Audit natijasida aniqlangan 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun jarima belgilangandi.
  • Lactalis 27-iyun kuni e’tiroz bildirdi, tekshiruv sanksiya asossizligini tasdiqladi.
  • Soliqchilarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi, vaziyat hududiy rahbarlar bilan hay’at yig‘ilishida muhokama qilindi.
  • Qo‘mita nazoratni kuchaytirishga va tekshiruvlarda biznes huquqlarini ustuvor himoya qilishga va’da berdi.

Nima deyishdi:

“Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari bartarf etish bo‘yicha tegishli tashkiliy choralar ko‘rildi”, — dedi Soliq qo‘mitasi rahbari Sherzod Kudbiyev.

Kontekst:

Soliq kodeksining 227-1-moddasi markirovka uchun “oyoqdan chaladigan” jarimalar to‘g‘risida — import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun eng ko‘p muhokama qilinadigan normalardan biridir. Tadbirkorlar uni ko‘pincha biznes uchun xavfli deb atashadi.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+