Nima uchun bu muhim:
JW Marriott`ning chiqishi — mahalliy mehmonxona bozorining hashamatli segmenti uchun kuchli signaldir. Bular Tashkent City’ning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va mamlakat turizm infratuzilmasida xalqaro ishtirokni kuchaytirishdir.
Nima bo’ldi:
- Marriott International Alliance Holding bilan Toshkentdagi Tashkent City Mall’da JW Marriott mehmonxonasini ochish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu brendning mamlakatdagi birinchi mehmonxonasi.
- Mehmonxonada 287 ta xona, SPA, wellness-markaz, restoranlar, biznes-launj va konferens-zallar — jahon standartlari darajasidagi premium-klass xizmat ko‘rsatiladi.
- Rejaga ko‘ra, mehmonxona 2025-yil oxirigacha ochiladi, O‘zbekiston JW Marriott brendi taqdim etilgan 41-mamlakatga aylanadi.
Nima deyishdi:
Marriott International kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropada rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Ivitsa Chachich Toshkentni premium mehmonxona xizmatlari uchun o‘sib borayotgan bozor deb atadi va JW Marriott mintaqa mehmondo‘stligiga uyg‘unlik olib kelishiga ishonch bildirdi.
Mohiyat:
- Tashkent City — xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi va turar-joy dam olish zonalariga ega asosiy ishbilarmonlik markazi. Avvalroq bu yerda Hilton mehmonxonalari ochilgan va Ritz-Carlton mehmonxonasi qurilishi boshlangan, loyiha mamlakatdagi eng yirik savdo markazlaridan birini o‘z ichiga oladi.
- Courtyard by Marriott brendi allaqachon Toshkentda o‘rtacha narxdagi biznes mehmonxonalari segmenti bilan mavjud, JW Marriott esa bu marrani yuqori darajaga ko‘tarishga qaror qildi.