Nega bu muhim
Yangi investitsiyalar O‘zbekistonning Markaziy Osiyo charm-poyabzal sanoati markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi va eksport uchun istiqbollar ochadi.
Nima bo‘ldi
- Tata Shoes Group’ning O‘zbekistonga investitsiyalari hajmi allaqachon 20 million dollardan oshgan;
- Ayollar poyabzalini tikish uchun qo‘shimcha $10 mln sarmoya kiritiladi;
- Loyiha doirasida kompaniya erkaklar, bolalar va maxsus poyabzallar ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda;
- Muzokaralar Xitoyda investitsiyalar vaziri o‘rinbosari Nozimjon Xolmuradov ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Nima deyildi
“O‘zcharmsanoat” AJ ta’kidlashicha, ayollar poyabzali bozorning eng dinamik segmenti bo‘lib qolmoqda va Tata Shoes investitsiyalari mintaqada o‘sib borayotgan talabni qondirishga yordam beradi.
Mohiyat
O‘zbekiston charm-poyabzal sanoatini faol rivojlantirmoqda, klasterlar tashkil etib, investorlarga soliq imtiyozlarini taklif etmoqda.