Nima uchun bu muhim:
Bu xalqaro miqyosdagi e’tirof — O‘zbekiston raqamli bozorining o‘sishi fonida mijozlar bazasi, mahsulotlari va hamkorliklarini jadal kengaytirayotgan TBC kompaniyasining yetukligi va kengayishini baholashdir.
Nima bo’ldi:
- CNBC va Statista TBC Uzbekistan’ni global fintex reytingiga kiritdi;
- To‘liq raqamli banklar toifasida TBC Markaziy Osiyodan yagona vakilga aylandi;
- Reyting mezonlari: daromadlilik, mijozlarning o‘sishi, tranzaksiyalar hajmi;
- TBC yutuqlari orasida Salom va Osmon kartalarini ishga tushirish, TBC Business orqali B2B’ni rivojlantirish, TBC Sug‘urtani yaratish va BILLZ’ni sotib olish kabilar bor.
Nima deyishdi:
“Biz uchun bu innovatsiyalar orqali daromadli o‘sish strategiyasini tan olishdir. O‘zbekiston — tez o‘sib borayotgan raqamli bozor va biz bu yerda yangi standartlarni shakllantirayotganimizdan faxrlanamiz”, — Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan bosh direktori.
Mohiyat:
O‘zbekiston so‘nggi yillarda fintech ekspansiyasi uchun muhim mintaqaga aylandi: onlayn-banking va mobil to‘lovlar ulushi barqaror o‘sib bormoqda, o‘yinchilar o‘rtasida raqobat kuchaymoqda. TBC ushbu o‘sishning drayverlaridan biri bo‘lib, barqaror ekotizim va mamlakatdan tashqaridagi ambitsiyalarga ega.