Nega bu muhim
Oltinga bo‘lgan talabning oshishi uning rekord darajada qimmatlashgani bilan bog‘liq — qimmatbaho metall yil boshidan buyon 35-marta tarixiy maksimumni yangiladi. Banklardagi taqchillik aholining jamg‘armalarini valyuta xatarlaridan himoya qilishni izlayotgan faolligini aks ettiradi.
Nima bo‘ldi
Toshkent banklarida jami 17 ta quyma qoldi:
- Kapital Bank — 13;
- Milliy bank — 3;
- Asaka bank — 1.
Filiallarda — jami 159 quyma.
- Qashqadaryo 43 ta quyma (asosan Agrobank va Biznesni rivojlantirish bankida) zaxiralari bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
- Namangan — 42 quyma (Uzmilliybank va Chortoq filiali).
- Qoraqalpog‘iston — 24 quyma.
- Navoiy — 12 quyma.
- Zaxiralarning umuman yo‘qligi Toshkent va Jizzax viloyatlarida qayd etildi.
Nima deyildi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bozorlaridagi beqarorlik va dollar kursining pasayishi fonida aholining oltinga qiziqishi ortib bormoqda. Birgina 2025-yilning to‘qqiz oyida banklar 380 kg dan ortiq oltin sotdi — bu butun 2024-yilga nisbatan 61 foizga ko‘pdir.
Mohiyat
3 oktyabr holatiga ko‘ra, bir gramm oltin 1 551 650 so‘m, 5 grammlik quyma esa 7,76 mln so‘m bo‘lgan. Oltin narxi yil boshidan buyon 37 foizga qimmatlashib, 35-marta rekordni yangiladi. Avgust oyida ham Markaziy bank Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, 2 tonna oltin sotib olib, o‘z zaxiralarini oshirdi.