Nima uchun bu muhim:
Foyda va tushumning keskin o‘sishi O‘zbekiston fond bozorining jonlanishi va investorlar o‘rtasida birja vositalariga qiziqishning kuchayganidan dalolat beradi.
Nima bo’ldi:
- Foyda 177,3 mln so‘mdan 11,2 mlrd so‘mga (+6 234 foiz) oshdi;
- Tushum — 18,6 mlrd so‘m (+320%), foizli daromadlar — 4,4 mlrd so‘m (+190%);
- Savdolar hajmi — 12,02 trln so‘m ($933,3 mln), o‘sish 17 barobar;
- Bitimlar soni — 214 851 ta, shundan 85% — kotirovka varag‘idagi qog‘ozlar bilan;
- O‘rtacha kunlik hajm — 97,7 mlrd so‘m ($7,59 mln).
Mohiyat:
2024-yilda O‘zbekiston fond bozori faol isloh qilishni boshladi — xorijiy investorlarga ruxsat berish, elektron platformalar, listingni kengaytirish. 2025-yilda savdoning o‘sishi ushbu o‘zgarishlar va ishtirokchilarning faollashuvi natijasidir.