Nima uchun bu muhim:
Yo‘lovchilar oqimi va reyslarning ko‘payishi aviatsiya sohasining tiklanishi, sayyohlar oqimining kuchayishi va mamlakat transport infratuzilmasining kengayishidan dalolat beradi. Toshkent aeroporti barcha yo‘lovchilarning 65 foizi bilan asosiy xab bo‘lib qolmoqda.
Nima bo’ldi:
- Yanvar–iyun oylarida jami 7 059 084 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan (+10%);
- Xalqaro qatnovlar — 5,8 mln, ichki — 1,25 mln;
- Parvozlar soni 12 foizga oshib, 59 960 taga yetdi, shundan 42 407 tasi xalqaro;
- Toshkent aeroporti 4,6 mln (+18%) yo‘lovchini qabul qildi, shundan 3,96 mln — xalqaro;
- 38 863 tonna yuk va pochta qayta ishlandi (o‘tgan yil darajasida);
- Mamlakatda 60 ta aviakompaniya, jumladan, 7 ta rezident va 12 ta charter operatori faoliyat yuritadi.
Mohiyat:
Uzbekistan Airports kompaniyasi respublika bo‘ylab 11 ta aeroportni boshqaradi. Ko‘rsatkichlarning o‘sishi parvozlar geografiyasining kengayishi va aviakompaniyalar sonining ko‘payishi fonida sodir bo‘lmoqda. Iyul oyida O‘zbekiston va Rossiya mamlakatlar o‘rtasidagi parvozlar sonini uch barobarga — haftasiga 1000 tagacha oshirishga kelishib oldi.