Nega bu muhim
Bitim O‘zbekiston logistika bozori tuzilmasini o‘zgartirishi, UzPost’ning raqamli transformatsiyasini tezlashtirishi hamda yetkazib berish va elektron tijorat sohasida raqobatni kuchaytirishi mumkin.
Nima bo‘ldi
- “RVB” MCHJ kompaniyasi (Wildberries & Russ) UzPost`dagi davlat ulushini sotib oldi.
- Bitim oldindan tayyorlangan, summa oshkor etilmagan.
- OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Wildberries Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan tuzilgan bitim doirasida xususiylashtirishda ishtirok etmoqda.
- Iyun oyida UzPost`ning affillangan shaxslari ro‘yxatida o‘zgarishlar yuz berdi: Aloqabank va Iqtisodiyot vazirligi chiqarib tashlandi, Davaktiv agentligi va O‘zMIJ kiritildi.
- Sentyabr oyida UzPost`ning O‘zMIJga o‘tkazilishi rejalashtirilgan 25 foiz aksiyalari Davaktivga o‘tdi.
- Avvalroq Uzum UzPost logistika va raqamli xizmatlarga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qilgandi: yaqin yillarda 1,5 milliard dollargacha.
Nima deyildi
Ommaviy maqom va sarmoyadorlar UzPost`ga barqarorlikni oshirish, tarmoqni kengaytirish, ish o‘rinlarini yaratish va yetkazib berishni modernizatsiya qilishga yordam beradi, — deyiladi UzPost bayonotida.
Mohiyat
UzPost transformatsiya va qisman xususiylashtirish bosqichida. Kompaniya 7000 dan ortiq xodimlarga xizmat ko‘rsatadi, 1600 ta bo‘limga ega bo‘lib, milliy va xalqaro logistika loyihalarida ishtirok etadi. Wildberries`ning qiziqishi Rossiya elektron tijorati va O‘zbekiston infratuzilmasi o‘rtasida chuqurroq integratsiyaning boshlanishini anglatishi mumkin. Shu bilan birga, Uzum logistika va IT-aktivlarni sotib olish orqali o‘z mavqeini mustahkamlamoqda.