Yangiliklar ·

Xitoy 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga import qilingan yengil avtomobillarning 88 foizini ta’minladi

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga 422,1 mln dollarlik 24 355 ta yengil avtomobil olib kirildi. Ularning yarmidan ko‘pi elektromobillar bo‘lib, Xitoy yetkazib berish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi.

Nima uchun bu muhim:

Elektromobillar importi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilar qiziqishi fonida o‘sishda davom etmoqda. Xitoy Koreya, Yaponiya va AQShdan an’anaviy yetkazib beruvchilarni siqib chiqarib, O‘zbekiston avtomobil bozoridagi ustunligini mustahkamlamoqda.

Nima bo’ldi:

  • 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston 422,1 million dollarlik 24 355 ta yengil avtomobil import qilgan.
  • Ulardan 14 356 tasi elektromobillardir (umumiy hajmning 59%).

Top 5 ta yetkazib beruvchi mamlakatlar:

  • Xitoy — 21 399 avto
  • Janubiy Koreya — 2 032
  • Hindiston — 168
  • Yaponiya — 145
  • AQSH — 145
  • Qolganlar — 466 авто

Mohiyat:

O‘zbekistonda elektromobillar importining o‘sishi soliq imtiyozlari va zaryadlash infratuzilmasining kengayishi bilan bog‘liq. Xitoy brendlari (jumladan, BYD, Geely va boshqalar) narx va keng modellar qatori tufayli bozorni faol egallamoqda.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+