Nima uchun bu muhim:
Bu pullar so‘m kursini va mamlakat ichidagi xarajatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘tkazmalarning ko‘payishi — xorijdagi o‘zbeklar ko‘proq pul topayotganining belgisi.
Nima bo’ldi:
- Barcha o‘tkazmalarning 78 foizi Rossiyadan kelgan — 6,4 milliard dollar;
- qolgani — AQSH, Turkiya, Yevropa Ittifoqi, Koreya va boshqa mamlakatlardan;
- Buyuk Britaniyadan pul o‘tkazmalari 2 barobarga, AQShdan — 15 foizga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan — o‘rtacha 41 foizga oshdi;
- Pul mablag‘larining 44 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartalarga (P2P) kelib tushdi, bunday operatsiyalarning o‘sishi — 40 foiz;
- SWIFT orqali kamroq — atigi 3 foiz (o‘tgan yilga nisbatan -22 foiz) o‘tkazildi.
Nima deyishdi:
MB o‘sishni migrantlarning xorijdagi barqaror bandligi va so‘m kursining mustahkamlanishi bilan izohlamoqda.
Mohiyat:
2024-yil davomida mamlakatga qariyb 14,8 milliard dollar o‘tkazildi. Xuddi shunday tendensiya 2025-yilda ham kuzatilishi kutilmoqda.