Nega bu muhim
Eksport hajmining o‘sishi talabning tiklanishi, agrologistikaning kengayishi va O‘zbekiston mahsulotlarining tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi oshishidan dalolat beradi.
Nima bo‘ldi
- Yarim yillik eksport: 368,6 million dollarlik 311 ming tonna meva
 - 2024-yilga nisbatan 43% ga o‘sish ($260 mln)
 
Hajm bo‘yicha yetakchilar:
- Gilos va olcha — $96,8 mln (42,1 ming tonna)
 - O‘rik — $41 mln (54,1 ming tonna)
 - Olxo‘ri — $10 mln (14,6 ming tonna)
 - Olma — $6,7 mln (13,3 ming tonna)
 
Mohiyat
- Mamlakatimizda 88 ta agrologistika markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, ulardan 54 tasi faol.
 - 2025-yilda yana 10 tasini joriy etish rejalashtirilgan, ulardan 4 tasi allaqachon ochilgan.
 
Agrosanoatni rivojlantirish agentligi quyidagilarni taklif qildi:
- qadoqlashni subsidiyalash;
 - nav ishlab chiqarishni rivojlantirish (masalan, danaksiz uzum);
 - Xitoy bozoriga kirib borish va milliy brendlarni ilgari surish.