Nega bu muhim
Click Tenge Bank bilan tuzilgan bitimdan so‘ng o‘z pozitsiyalarini mustahkamlab, bank litsenziyasini oldi va vertikal integratsiyani kuchaytirdi. Moliyaviy natijalar biznesning ko‘lami va daromadliligi oshganini tasdiqlaydi.
Nima bo‘ldi
- Sof tushum 29,6 foizga o‘sib, 353,4 mlrd so‘mni tashkil etdi;
- Yalpi foyda 327,2 mlrd so‘mni (+27,4%) tashkil etdi;
- Aktivlar — 336,8 mlrd so‘m (+37,4 foiz);
- Kapital — 171,5 mlrd so‘m (+44,1%);
- Taqsimlanmagan foyda — 146,4 mlrd so‘m (+40,9%).
Nima deyildi
Kompaniya avvalroq bank bilan sinergiya yangi xizmatlar, jumladan, kreditlar va investitsiya vositalarini taklif qilish imkonini berishini ma’lum qilgan edi.
Mohiyat
2024-yil may oyida Click Tenge Bankni sotib oldi va to‘liq bank litsenziyasiga ega bo‘lgan mamlakatdagi birinchi fintech o‘yinchisiga aylandi. Bitim birlashgan tuzilmaga mahsulot liniyasini kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish imkonini berdi.