Nega bu muhim
Mintaqaning bir qator mamlakatlarida o‘sishning keskin tezlashishi tashqi iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi, investitsiyalarning o‘sishi va pul o‘tkazmalarining ko‘payganidan dalolat beradi. Bu global beqarorlik sharoitida iqtisodiyotlarning barqarorligini kuchaytiradi.
Nima bo‘ldi
- Qirg‘iziston: YIM o‘sishi 11,7 foiz (2024-yilga nisbatan 3,6 foiz punktga tezlashdi)
- Qozog‘iston: o‘sish 6,2% (+3 f.p.)
- Tojikiston: o‘sish 8,1% (+1,9 f.p.)
- O‘zbekiston: o‘sish 7,2% (eng past tezlanish — +0,6 f.p.)
- O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror o‘sib bormoqda, ammo taqqoslanayotgan mamlakatlar orasida eng past dinamika bilan
Nima deyildi
O‘sish asosiy eksport va mehnat bozorlaridagi sharoitlarning yaxshilanishi, pul o‘tkazmalarining ko‘payishi, investitsiyalarning faollashuvi va qulay tashqi savdo sharoitlari bilan izohlanadi.
Mohiyat
- Qirg‘iziston eksport va xizmat ko‘rsatish sohasi, ichki iste’mol va qurilish hisobiga foyda ko‘rmoqda.
- Qozog‘istonda o‘sish xomashyo eksporti va ichki talab tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
- O‘zbekistonda o‘sish barqaror bo‘lib qolmoqda, ammo qo‘shnilarga nisbatan sekinlashmoqda, bu esa iqtisodiyotdagi rag‘batlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin.