Yettinchi Toshkent TAF!25 reklama festivali O‘zbekistondagi reklama sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirdir.
Xalqaro tanlov dunyoning barcha mamlakatlaridan arizalar qabul qiladi.
Har yili festival biznes egalari, bosh direktorlar, marketing va reklama rahbarlari, agentlik mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, fikr yetakchilari va reklama olamidagi so‘nggi tendensiyalar, vositalar va texnologiyalar bilan hamnafas bo‘lishni istagan barchani bir maydonga to‘playdi.
TAF!25 — bu biznesni rivojlantirish uchun qimmatli bilimlarni olish, eng yaxshi keyslardan ilhomlanish va ijodkorlik hamda kasbiy muloqot muhitida foydali aloqalarni o‘rnatish imkoniyatidir.
Bilet sotib olishTanlov taqvimi
- 12-iyunIshlar qabulining boshlanishi
Ijodiy g‘oyalar uchun eshiklarni ochmoqdamiz! Bugundan e’tiboran tanlovga o‘z loyihalaringizni taqdim etishingiz mumkin.
- 2-sentyabrIshlar qabulining tugashi
Yakuniy muddat. Ushbu sanadan keyin yangi arizalar qabul qilinmaydi.
- 8 dan 15-sentyabrgachaShort-list tanlovi
Hakamlar hay’ati yakuniy ro‘yxatga kiritiladigan eng yorqin va kuchli loyihalarni tanlaydi.
- 17 dan 25-sentyabrgachaG‘oliblarni tanlash
Eng sara ishlar: ekspertlar hay’ati bosh mukofotlarga loyiq ishlarni aniqlaydi.
- 11-oktyabrG‘oliblarni taqdirlash marosimi
G‘oliblar e’lon qilinib, festival statuetkalari topshiriladigan tantanali kecha.