Nega bu muhim
Bunday siyosat tashqi shoklarga moslashuvchanlikni oshiradi va XVJ tavsiyalariga mos keladi, ammo biznes va aholining kurs xatarlariga sezgirligini oshiradi.
Nima bo‘ldi
- 2025-yilning apreliga qadar dollarning so‘mga nisbatan almashuv kursi, ayrim kunlarni hisobga olmaganda, 30 so‘m atrofida o‘zgarib turgan.
- 18-apreldan keyin tebranishlar sezilarli darajada oshdi — grafikda o‘zgaruvchanlik 100 so‘m va undan yuqoriga kengayganini ko‘rish mumkin.
Tarixan yirik tebranishlar kamdan-kam uchraydi:
- 2022-yil 18-martda: devalvatsiya 241 so‘mga;
- 2023-yil 11-avgust: kuniga −408 so‘m — kursning rekord darajada pasayishi.
- Hozir bunday keskin o‘zgarishlar muntazam bo‘lib qoldi, bu esa valyutani tartibga solish rejimi o‘zgarganidan dalolat beradi.
- O‘rta muddatli trend: bozor mexanizmi foydasiga qat’iy valyuta koridoridan voz kechish.
Nima deyildi
- XVJ har bir sharhida O‘zbekistonga “valyuta kursining moslashuvchanligini oshirish”ni tavsiya qiladi.
- Markaziy bank minimal ishtirok etish siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda, faqat “keskin va qisqa muddatli tebranishlar” paytida aralashishini ma’lum qildi.
- Tahlilchilar buni bosqichma-bosqich liberallashtirish va inflyatsion targetlash sari qadam deb hisoblamoqda.
Mohiyat
- 2025-yilda o‘zgaruvchanlikning oshishi tashqi shoklar, savdo balansi taqchilligi va intervensiyalarning zaiflashishi bilan bog‘liq.
- Valyuta moslashuvchanligi zaxira yukini kamaytiradi, ammo biznes va importchilar uchun noaniqlikni oshiradi.
- Kursning kunduzgi keskin o‘zgarishi ham bozor omillari, ham Markaziy bankning o‘zgartirilgan siyosati natijasi bo‘lishi mumkin.