Nega bu muhim
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun olingan mablag‘lar ta’lim va infratuzilmaga yo‘naltirilgan aniq investitsiyalarga aylantiriladi. Bu nafaqat ijtimoiy adolatni kuchaytiradi, balki restitutsiya aholiga sezilarli foyda keltirishi mumkinligini ham ko‘rsatadi.
Nimalar amalga oshiriladi
- Kamida 45 ta qishloq maktabini rekonstruksiya qilish: ishonchli suv ta’minoti, sanitariya uzellari, issiqlik ta’minoti, energiya samaradorligini ta’minlash.
- Loyiha asosan chekka hududlardagi 31,5 mingga yaqin maktab o‘quvchilarini qamrab oladi.
- Iqlim barqarorligi, genderga sezgir WASH, mahalliy hamjamiyat bilan o‘zaro hamkorlik mavzularida 2 700 nafar o‘qituvchi va ma’murlarni tayyorlash.
- Jamoatchilik ishlarning borishi, pudratchilar va xarajatlarni real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin bo‘lgan “Mening eng yaxshi maktabim” portalini ishga tushirish.
- Loyiha 2025-yil 1-oktyabrda boshlanadi.
Mohiyat
“Ishonch” jamg‘armasi O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi kelishuv asosida noqonuniy olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish va ulardan xalq manfaati yo‘lida foydalanish maqsadida tashkil etilgan.
Hozirda jamg‘arma boshqaruvida 313 million dollarlik aktivlar mavjud bo‘lib, shundan 87 million dollari ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirilgan. Avvalroq Shveysariya Karimova bilan bog‘liq qariyb 182 mln dollarlik qo‘shimcha aktivlarni qaytarayotgani xabar qilingandi.