Nega bu muhim
Aholi sonining tez o‘sishi infratuzilma, ish o‘rinlari, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlariga bo‘lgan bosimni oshirmoqda.
Nima bo‘ldi
- 2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda 37,8 million kishi istiqomat qiladi.
- Ulardan 19,1 mln nafari erkaklar va 18,8 mln nafari ayollardir.
- Shaharlarda 19,3 mln, qishloqlarda 18,6 mln aholi yashaydi.
- Yil davomida aholining o‘sishi taxminan 740 ming kishini (+2%) tashkil etdi.
Mohiyat
- BMTning prognoziga ko‘ra, 2100-yilga borib O‘zbekiston aholisi ikki baravar ko‘payib, 74,2 mln.
- O‘rtacha yosh 39 yoshgacha o‘sadi.
- Prognoz: asr oxiriga kelib ayollar soni 36,8 mln, erkaklar soni 37,4 mln.