Nega bu muhim
Bu xalqaro xususiylashtirishga tushgan birinchi sug‘urta kompaniyasi. To‘liq nazorat paketi sotilmoqda, bu esa aktivni strategik investorlar uchun jozibador qiladi.
Nima bo‘ldi
- “O‘zagrosug‘urta” AJdagi 99,35% ulush davlat tomonidan sotiladi.
- Moliyaviy maslahatchi: Deloitte, mustaqil baholovchi: PwC
- 2024-yilda sof foyda: 21,8 mlrd so‘m (+13,5%)
- Tushum: 194,8 mlrd so‘m (+15,6%)
- Savdolar 2026-yilning I choragida, xalqaro xususiylashtirish dasturi doirasida o‘tkaziladi.
Mohiyat
- Moody’s 2025-yil aprel oyida Ba3 (barqaror prognoz) reytingini berdi.
- Kompaniya sudyalarni majburiy sug‘urta qilish funksiyalarini bajaradi, bozorda ustunlik qiluvchi o‘yinchilar ro‘yxatiga kiradi.
- “O‘zagrosug‘urta” — davlat tomonidan nazorat qilinadigan yirik sug‘urtalovchilardan biri.