Nega bu muhim
NKMK mamlakatning eng yirik eksportchisi va ish beruvchisi bo‘lib qolmoqda. Uning samaradorligi valyuta tushumlari, mehnat bozori va sanoat kooperatsiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Nima bo‘ldi
- Ishlab chiqarishning umumiy hajmi: 60,8 trln so‘m (+1,4% y/y)
- Oltin: 1,54 million troya unsiyasi (2024-yilda 1,52 million bo‘lgan)
- Investitsiyalar: $219,5 mln, 1 190 ta ish o‘rni yaratildi
- Tannarx 1,8 trln so‘mga kamaytirildi
- Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha mahsulotlar: 757,5 mlrd so‘m
- Tarmoqlararo kooperatsiya doirasidagi xaridlar: 3,6 trln so‘m
Mohiyat
- NKMK dunyodagi eng yirik oltin qazib oluvchi kompaniyalar qatoriga kiradi.
- Korxona keng ko‘lamli modernizatsiya va kengaytirish dasturini amalga oshirmoqda.
- 2024-yildan boshlab kombinat aksiyadorlik jamiyati sifatida faoliyat yuritmoqda va ko‘proq hisobotlarni oshkor qilmoqda.