Bu nima uchun muhim: Foydaning oshishi bank daromadlarining barqaror o‘sishi va uning mavqeining mustahkamlanishini aks ettiradi. Foizsiz daromadlarning 33,6 foizga o‘sishi va NPLning pasayishi moliyaviy barqarorlikni yaxshiladi.
Nima bo’ldi
- Sof foyda 2024-yilning I choragiga nisbatan 808,6 mlrd so‘mgacha (+5,2%) o‘sdi.
- Ushbu davrda foizli daromadlar 5,2 trln so‘mni (+0,4 foiz), foizsiz daromadlar esa 3,5 trln so‘mni (+33,6 foiz) tashkil etdi.
- Kredit portfeli 68,4 trln so‘mgacha o‘sdi (+14% g/g).
- Muammoli kreditlar (NPL) ulushi 4,3 foizdan 3,8 foizgacha kamaydi.
Nima deyishdi
Foizsiz daromadlarning kuchli o‘sishi va NPLning pasayishi aktivlarni sifatli boshqarish va daromadlarni diversifikatsiya qilishdan dalolat beradi.
Mohiyat
- Taqqoslash uchun: O‘zbekiston bank sektori 2023-yil yakuniga ko‘ra 12,4 trillion so‘m sof foyda ko‘rdi, bu o‘sish +24 foizni tashkil etdi.
- 2024-yilgi hisobotda SQBNning sof foydasi 43 foizga o‘sib, 1,3 trillion so‘mni tashkil etdi.