Nima uchun bu muhim:
Byudjet modellariga bo‘lgan yuqori talab va yetkazib berishning kechikishi bozor haddan tashqari qizib ketganini ko‘rsatadi, bu yerda taklif talabga yetib bormaydi. Bu muddatlar, narxlar va avtomobil ishlab chiqaruvchisiga bo‘lgan ishonchga ta’sir qiladi.
Nima bo’ldi:
- Yanvar-iyun oylarida 172 258 ta avtomobil sotilgan bo‘lib, shundan 82 foizi Chevrolet (141469 dona);
- Chevrolet ulushi yil davomida 89% dan 82% gacha kamaydi;
Top sotuvlar:
- Cobalt — 67 580 (iyun oyida — 13 035);
- Tracker — 16 641 (iyun oyida — 3 293);
- Onix — 8 704 (iyunda — 1 609);
2025-yil 7-yanvardagi shartnomalar bo‘yicha avtomobillar endi berila boshlandi — kutish muddati 6 oydan oshadi.
Nima deyishdi:
Xaridorlar uzoq muddat va eskirgan dizayndan shikoyat qilishmoqda. Tarmoqlarda Cobalt “hamma narsada tejamkor” deya tanqid qilinmoqda.
Mohiyat:
Avtomobillarga talab yuqoriligicha qolmoqda, biroq bozorda KIA, BYD, Chery va Haval ishtirok etmoqda. Import brendlari UzAuto Motors ulushini bosqichma-bosqich tortib olmoqda.