Nima uchun bu muhim:
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash fonida rekord darajadagi talab Aloqabankning bank tizimidagi rolini kuchaytiradi va birjaning qayta kapitallashtirish kanali sifatidagi ahamiyatini oshiradi.
Nima bo’ldi:
- ALKB aksiyalari bilan 46,01 mlrd so‘mlik 156 ta tranzaksiya;
- 22 ta bitim — 0,43 so‘m/dona narx bo‘yicha 46 mlrd so‘mga;
- 11-iyun kuni ILMA Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga sotish uchun 700 mlrd so‘mlik aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazdi;
- Fond ulushni birjadan tashqari bozor orqali 1 so‘m/aksiya bo‘yicha oladi;
- Prezident ustav kapitaliga 50 million dollar sarmoya kiritishni va 10 yil muddatga 150 million dollar miqdorida 14 foizlik subordinar qarz berishni ma’qulladi.
Nima deyishdi:
“Aksiyadorlik qiymatini oshirish — asosiy vazifa. Savdolar hajmi va moliyaviy natijalarning o‘sishi — yangilangan jamoaning izchil ishlashi natijasidir”, — deya ta’kidladi RFB rahbari Georgiy Paresishvili.
Mohiyat:
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bank sektoridagi ta’sirini kuchaytirmoqda, bir vaqtning o‘zida Birja hajm va daromadlarni oshirmoqda. Iyun oyidagi yig‘ilishda aksiyadorlar birja rahbari vakolatini uzaytirmadi — ammo yarim yillik natijalar uning jamoasi foydasiga gapirmoqda.