Nega bu muhim
Eksportning o‘sishi savdo balansini mustahkamlaydi va iqtisodiyotning barqarorligini oshiradi. Asosiy drayver — deyarli ikki baravarga oshgan oltin savdosi.
Nima bo‘ldi
- Eksport — $20,1 mlrd (+34,9% y/y);
- Import — $24,3 mlrd (+9,9% y/y);
- Asosiy hamkorlar: Xitoy (tovar aylanmasi 18,2%), Rossiya (16,1%), Qozog‘iston (5,9%);
- Oltin eksporti: $7,5 mlrd (2024 yil yanvar-iyul — $4,1 mlrd);
- 2025-yil iyul oyida 1 milliard dollarlik oltin sotilgan (bir yil oldin bu oyda yetkazib berish bo‘lmagan).
Mohiyat
Oltin an’anaviy ravishda O‘zbekistonning asosiy eksport mahsuloti bo‘lib qolmoqda va boshqa bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha taqchillikni qoplaydi. Xomashyoga qaramlikni kamaytirish hukumatning uzoq muddatli vazifalaridan biridir.