Nega bu muhim
Ofis O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilish, investitsiyalarni jalb qilish va Xitoy turoperatorlari bilan hamkorlikni kengaytirish uchun platforma bo‘ladi. Bu XXR bilan sayyohlik aloqalarini rivojlantirishda muhim qadamdir.
Nima bo‘ldi
- Turizm ofisi oliy darajadagi rasmiy tashrif doirasida ochildi;
- Qo‘shma loyihalar va yo‘nalishlarni ilgari surish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi;
- 2025-yil iyun oyida XXR fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi;
- Hozirda haftasiga 50 dan ortiq aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda, ularni 100 taga yetkazish rejalashtirilgan;
- 2025-yil “Xitoyda O‘zbekiston turizmi yili” deb e’lon qilindi — 9 ta yirik shaharda roud-shou va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
Mohiyat
O‘zbekiston 2030-yilgacha Xitoydan 3 milliongacha sayyohni jalb qilishni maqsad qilgan. Pekindagi sayyohlik idorasi ushbu strategiyaning bir qismidir.