Yangiliklar ·

O‘zbekiston Bank of America talqiniga ko‘ra eng tez rivojlanayotgan 10 ta mamlakat qatoriga kirdi

Bank of America O‘zbekistonni EEMEA mintaqasining eng tez rivojlanayotgan 10 ta iqtisodiyoti qatoriga kiritdi. 1-sentyabr holatiga ko‘ra, mamlakat Qozog‘istonni ortda qoldirib, 45 talik ro‘yxatda 9-o‘rinni egalladi.

Nega bu muhim

O‘zbekiston qo‘shni davlatlarga nisbatan mo‘tadil davlat qarzi va nisbatan past inflyatsiya fonida barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda. Bu mamlakatning investorlar uchun jozibadorligini oshiradi.

Nima bo‘ldi

  • O‘zbekiston YIM o‘sishi — 5,9%;
  • Byudjet defitsiti — YIM 2,3%i;
  • Davlat qarzi — YIM 33%;
  • Inflyatsiya — 8,8% (Qozog‘istonda — 10,4%);
  • Joriy hisob taqchilligi — YIMning 5%i;
  • Qozog‘iston reytingning 10-pog‘onasidan joy oldi.

Mohiyat

Shavkat Mirziyoyev avgust oyida so‘nggi sakkiz yil ichida O‘zbekiston iqtisodiyoti ikki baravar ko‘payib, 115 milliard dollarga yetganini aytgan edi. Prognozlarga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2025-yil oxirigacha yana 15 milliard dollarga oshadi.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+