Yangiliklar ·

Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyodagi energiya saqlanadigan birinchi shamol elektr stansiyasi quriladi

“Nukus-2” loyihasi Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi tomonidan OTB, OIIB va boshqa xalqaro kreditorlar ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Nega bu muhim

Loyiha qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarish va energiya saqlash tizimini birlashtiradi — bu uzilishlar xavfini kamaytiradi, energiya ta’minoti ishonchliligini oshiradi va O‘zbekistonga 2030-yilga borib energiya balansida «yashil» energiyaning 54 foizini tashkil etish maqsadiga erishishga yordam beradi.

Nima bo‘ldi

  • Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi va 100 MVt/soat sig‘imli saqlash tizimi quriladi;
  • kutilayotgan generatsiya — 727,9 ming MVt/soat, chiqindilarni kamaytirish — 406,1 ming tonna CO2;9i8
  • qurilish va ekspluatatsiya bosqichida 200 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi;
  • Toshkentda 51 mln dollarlik qarz paketi imzolandi: OTB resurslaridan 25,4 mln va Leading Asia’s Private Infrastructure Fund fondidan 25,4 mln;
  • moliyalashtirishda OIIB, FMO, Standard Chartered va Saudi EXIM ham ishtirok etadi;
  • OTB xatarlar va tarifni kamaytirish uchun 7,5 mln dollarlik kredit kafolatini taqdim etdi.

Mohiyat

O‘zbekiston 2030-yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 25 GVtga yetkazishni va iqtisodiyotning uglerod intensivligini 35 foizga kamaytirishni rejalashtirmoqda. CWA Power allaqachon O‘zbekistonda bir qator quyosh va shamol parklarini, jumladan, Buxoro va Navoiydagi eng yirik loyihalarni amalga oshirmoqda. Qoraqalpog‘istonni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasida “yashil” energetikaga ustuvorlik berish ko‘zda tutilgan — “Nukus-2” loyihasi ushbu rejaning asosiy elementiga aylandi.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+