Nega bu muhim
Inflyatsion kutilmalar narxlarning kelajakdagi o‘sishini aks ettiradi va iste’molchilar xulq-atvori, investitsiyalar va regulyator siyosatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Nima bo‘ldi
- Aholi orasida valyuta kursi, energiya resurslari va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq xavotirlar kamaydi;
- Oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishini kutayotgan respondentlar ulushi sezilarli darajada oshdi;
- Narxlarning o‘sishi ta’lim va ilm-fan sohalarida eng ko‘p, transport va hunarmandchilik sohalarida eng kam kutilmoqda;
- Hududlar kesimida: eng yuqori kutilmalar — Surxondaryoda (14,4%), eng past kutilmalar — Namanganda (10,5%);
- Aholi o‘rtasida “sezilgan inflyatsiya” 13 foizni tashkil etdi, eng katta o‘sish oziq-ovqat, kommunal va tibbiy xizmatlar bo‘yicha qayd etildi.
Mohiyat
Markaziy bank inflyatsion kutilmalar o‘lchovlarini muntazam ravishda e’lon qilib boradi. Iyul oyida bu ko‘rsatkich 12,9 foizni tashkil etdi. So‘m almashuv kursining nisbatan barqarorlashishi hamda sabzavot va mevalarning mavsumiy arzonlashishi bilan bog‘liq, biroq energiya resurslari va import tovarlarining jahon narxlari tufayli xatarlar saqlanib qolmoqda.