Yangiliklar ·

Go Green Partners O‘zbekistonda geologiya-qidiruv ishlari bilan shug‘ullanadi

Shavkat Mirziyoyev AQShga tashrifi doirasida Go Green Partners hammuassisi Mixail Sedim bilan uchrashdi. Kompaniya respublikadagi muhim minerallarni qidirish bilan shug‘ullanadi.

Nega bu muhim

O‘zbekiston “yashil” investitsiyalarni jalb qilish va barqaror energetika uchun xomashyo bazasini rivojlantirish yo‘nalishini kuchaytirmoqda. Yangi ixtisoslashgan xalqaro kompaniyani jalb qilish konlarni o‘zlashtirishni tezlashtirishi mumkin.

Nima bo‘ldi

  • Go Green Partners — 2023-yilda tashkil etilgan, muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan investitsiya firmasi.
  • Kompaniya O‘zbekistonning istiqbolli uchastkalarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda.
  • Tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzish va loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldi.
  • Shuningdek, Nyu-Yorkda Mirziyoyev Traxys, FLSmidth, McKinsey va Kolorado konchilik maktabi rahbarlari bilan uchrashdi.
  • Traxys bilan $1 mlrdlik GPP loyihalari portfeli shakllantirildi; FLSmidth mis sanoatini rivojlantirishda ishtirok etadi; McKinsey bilan sohani chuqur o‘zgartirish strategiyasi ishlab chiqilgan.

Mohiyat

Ustyurtda yaqinda yirik gaz zaxiralari topildi — 6,5 ming metr chuqurlikda burg‘ilandi. O‘zbekiston foydali qazilmalarni qidirish va qayta ishlashga investitsiyalarni ko‘paytirmoqda, davlat kompaniyalarini IPOga tayyorlamoqda, xalqaro moliya va sanoat tuzilmalari bilan ishlamoqda. Franklin Templeton, Traxys, McKinsey va boshqalar sohani tizimli modernizatsiya qilishda — strategiyadan tortib infratuzilmagacha ishtirok etmoqda.

Последние новости

Читайте также

При использовании материалов гиперссылка на Frank обязательна.

Регистрации электронного СМИ №1 от xx

18+