Nega bu muhim
Valyuta operatsiyalarining keskin o‘sishi savdo, import va aholining bank sektoriga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Nima bo‘ldi
- Operatsiyalarning umumiy soni: 25,2 mln, $4,05 mlrd.
- Hajm o‘sishi — 2024-yilning I choragiga nisbatan +26% (3,18 mlrd dollar)
- Jismoniy shaxslardan sotib olingan: $2,42 mlrd (+10,6%)
- Aholiga sotilgan: $4,05 mlrd (2024-yilda – $2,88 mlrd)
- Faollik cho‘qqisi — mart: 9 million operatsiya, 1,4 milliard dollarlik sotuv
Mohiyat
- Kursning barqarorlashuvi va importning kuchayishi fonida talab ortib bormoqda.
- Markaziy bank to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashmaydi, lekin valyuta auksionlari orqali tartibga soladi.
- Valyuta bozori liberallashtirishdan keyin aholi va biznes uchun yanada qulaylashdi.