Nega bu muhim
Valyuta kursining o‘sishi dollar va yevroga bo‘lgan talabning kuchayishi va jahon bozoridagi tebranishlarni aks ettiradi. Bu mamlakatdagi import narxlari va inflyatsion kutilmalarga ta’sir qiladi.
Nima bo‘ldi
- Banklar dollarni 12 510-12 580 so‘mdan sotmoqda;
- Minimal kurs — Tenge Bank`da (12 480);
- Sotib olish narxi: 12 375 so‘mdan (minimal) 12 435 so‘mgacha (Asia Alliance Bank, BRB);
- Yevro va funt avgust o‘rtalaridan beri maksimumlarni yangiladi.
Mohiyat
Sentyabr oyi boshida dollar kursi 12,4 ming so‘mdan past bo‘lgandi. Bir kunlik keskin o‘sish so‘nggi ikki hafta ichida birinchi marta kuzatildi. Markaziy bank birja savdolaridan kelib chiqib, rasmiy kursni har kuni belgilashda davom etmoqda.