Nega bu muhim
Bank kartalar, marketpleys va biznes platformasini birlashtirgan yagona Open brendining bir qismiga aylanmoqda. Bozorda an’anaviy o‘yinchilarga raqobat da’vosi bilan yangi fintech ekotizimi shakllanmoqda.
Bu O‘zbekiston bank sektorida chuqur rebrendingning dastlabki holatlaridan biridir.
Nima bo‘ldi
- 2025-yil yanvar oyida Future Open Technology Group Smartbank aksiyalarining 90,2 foizini 451 mlrd so‘mga sotib oldi;
- kompaniya allaqachon Open muddatli to‘lov kartasi, Open Market va Open Biznes mahsulotlarini ishlab chiqmoqda;
- endi ekotizimga Open Bank brendi ostidagi raqamli bank ham kiradi;
- 2025-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, sobiq Smartbank foydasi 4 barobarga kamayib, 628,5 million so‘mni tashkil etdi.
Mohiyat
Future Open Technology Group o‘z faoliyatini Agrobank bilan birgalikda Open kartasini ishga tushirish orqali boshlagan. Ekotizim “moliyaviy supermarket” modeli bo‘yicha quriladi va bank va nobank xizmatlarini birlashtiradi.