Bunday mahsulotlarning narxi har 10 kunda pasayib boradi. Bu ortiqcha isrofgarchilikka qarshi kurashish va oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha yangi Save Food hukumat dasturining bir qismidir.
Shuningdek, 2025-yil oxirigacha quyidagilar rejalashtirilgan:
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini alohida-alohida saqlash tartibini ishlab chiqish,
- mahsulotlarni yig‘ib olishdan to saqlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda ularning harakatlanishi monitoringini tashkil etish,
- mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda sanitariya normalarini qayta ko‘rib chiqish (muddati — 2026-yil fevral),
- aholini, ayniqsa, yoshlarni oqilona iste’mol qilish tamoyillariga o‘rgatish.
Mohiyat
Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyodagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi isrof bo‘ladi yoki tashlab yuboriladi. O‘zbekiston xalqaro amaliyotni moslashtirmoqda — arzonlashtirilgan mahsulotlar bilan bunday javonlar, masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Janubiy Koreyada keng tarqalgan. Tashabbusning maqsadi nafaqat chiqindilarni kamaytirish, balki oziq-ovqatni ham arzonlashtirishdir.