Nega bu muhim
Avolta 70 mamlakatda 5 100 dan ortiq savdo nuqtalari bilan sayohat chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Hamkorlik xalqaro tajribani, investitsiyalarni jalb qilishi va O‘zbekistonda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishi mumkin.
Nima bo‘ldi
- Muzokaralarda Invest vazirligi, Avolta AG vakillari ishtirok etdi (delegatsiyaga Shimoliy Osiyoda biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Alan Chen Szunsi boshchilik qildi).
- Soliq va bojxona imtiyozlari, investorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari, hududiy terminallarda duty free do‘konlari va fudkortlar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
- Tomonlar amaliy hamkorlikka va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Mohiyat
Avolta AG (sobiq Dufry) — aeroportlar, dengiz portlari, temir yo‘llar va kruiz liniyalarida ishlaydigan duty free va sayohat chakana savdosi bo‘yicha global o‘yinchi.
Sifatli xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish O‘zbekistonning sayyohlik jozibadorligini oshirish va transport tugunlarini modernizatsiya qilish strategiyasining bir qismidir. Avolta bilan loyihalarni sinovdan o‘tkazish boshqa turdagi sayohat chakana savdolarida ham miqyosni kengaytirish uchun namuna bo‘lishi mumkin.