Nega bu muhim
Shatdaun ko‘plab idoralarning ishini to‘xtatib qo‘yadi, xodimlarga to‘lovlarni shubha ostiga qo‘yadi va asosiy ommaviy xizmatlarni xavf ostiga qo‘yadi. Iqtisodiyot milliardlab dollar yo‘qotish xavfi ostida, respublikachilar va demokratlar o‘rtasidagi siyosiy keskinlik kuchaymoqda.
Nima bo‘ldi
- Xarajatlar to‘g‘risidagi vaqtinchalik qonun 30-sentyabrda o‘z kuchini yo‘qotdi va tomonlar uni uzaytirishga kelisha olmadi.
- Asosiy bahs-munozaralar Muqobil sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonun (ACA) bo‘yicha subsidiyalar va asosiy sog‘liqni saqlash agentliklari bo‘lgan Medicaidni moliyalashtirishdir.
- Rasmiylar “nazorat rejalari”ni boshladi — nafaqat xodimlarning vaqtinchalik ish haqi to‘lanmaydigan ta’tillari, balki ommaviy ishdan bo‘shatishlar ham bo‘lishi mumkin.
- Oq uy hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSH shatdaun paytida haftasiga 15 milliard dollarga yaqin yalpi ichki mahsulotini yo‘qotishi mumkin.
- Scope agentligi shatdaun mamlakat kredit reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ogohlantirdi.
- Vashington demokratlar nazorati ostidagi shtatlar uchun 26 milliard dollarlik federal mablag‘larni muzlatib qo‘ydi — infratuzilma loyihalari byudjetining bir qismi (shu jumladan Nyu-York) allaqachon bloklangan.
Nima deyildi
Oq uy demokratlarni byudjyet bo‘yicha muzokaralarni buzishda ayblamoqda va buni “demokratik shatdaun” sifatida ilgari surmoqda. Demokratlarning ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlashni himoya qilmasdan va subsidiyalarni saqlab qolmasdan turib, hukumat ishini qayta tiklash mumkin emas, aks holda millionlab amerikaliklar sug‘urtasiz qoladi.
Mohiyat
1976-yildan beri bunday “moliyaviy uzilishlar” (funding gaps) bir necha bor shatdaunlarga sabab bo‘ldi. Hozirgi — zamonaviy tarixdagi 21-chi. Donald Tramp davrida bu uchinchi shatdaun bo‘ldi. 2018-2019-yillarda shatdaunlardan biri rekord darajadagi 35 kun davom etdi, bu esa to‘xtash narxi juda yuqori bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.