Nega bu muhim
Oltinning o‘sishi uni valyutalarning o‘zgaruvchanligi va tashqi xatarlar fonida jamg‘armalarni saqlab qolishning asosiy vositasiga aylantiradi. Markaziy bank va aholi uchun bu dollarga muqobil va jamg‘armalarni diversifikatsiya qilish usulidir.
Nima bo‘ldi
- Bir kun ichida bir gramm oltin narxi 0,28 foizga oshdi.
- Yil boshidan buyon quymalar 37 foizga, o‘tgan yilga nisbatan 38,2 foizga qimmatlashdi.
- Bu 2025-yildagi 35-rekorddir.
- Jahon kotirovkalari bir unsiya uchun $3844 (gramm uchun $123,6) atrofida.
- 9 oy davomida Markaziy bank 17,3 ming xaridorga 380 kg oltin sotdi — bu butun 2024-yilga nisbatan 61 foizga ko‘pdir.
- Eslatib o‘tamiz, tangalar va quymalarni banklarda erkin sotib olish va sotish, shartlarga rioya qilgan holda esa chet elga olib chiqish mumkin.
Nima deyildi
Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda oltinga bo‘lgan talab tashqi qarzning o‘sishi va jahon bozorlaridagi beqarorlikka javoban kuchaymoqda.
Kotirovkalarning oshishi, jumladan, AQSH hukumatining shatauni va Federal zaxira stavkasining pasayishi bilan bog‘liq.
Mohiyat
Markaziy bank 2018-yilda oltin tangalar, 2020-yilda esa quymalar savdosini yo‘lga qo‘ydi. O‘zbekiston oltin qazib olish hajmi bo‘yicha top-10 mamlakatlar qatoriga kiradi va Markaziy bank metalldan zaxira aktivi sifatida faol foydalanadi. Rekord tashqi qarz (72 mlrd dollar) fonida mamlakat ichida “himoya” aktivlariga talab kuchaymoqda.