Nega bu muhim
Turizm O‘zbekiston iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Sohadagi daromadlarning o‘sishi, ayniqsa, mamlakatning tarixiy va madaniy markazlarida bandlik va infratuzilmani rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Nima bo‘ldi
Turizm sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmi — 2,2 trln so‘m (+44%).
Hajm bo‘yicha yetakchilar:
- Toshkent – 1,7 trln so‘m;
- Samarqand viloyati – 305 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 73,1 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati – 52,2 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 31,9 mlrd so‘m.
- Ushbu hududlar birgalikda barcha turistik xizmatlarning 97,1 foizini ta’minladi.
Mohiyat
2025-yilning birinchi yarmida xorijiy sayyohlar soni 36 foizga o‘sib, 4,9 million kishiga yetdi. Rasmiylar “aqlli turizm” va sayohatchilar uchun raqamli xizmatlarni rivojlantirish dasturini amalga oshirmoqda. Sentyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki turizmni O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishining asosiy drayverlaridan biri sifatida qayd etdi (I yarim yillik yakunlariga ko‘ra +48,9%).