Nega bu muhim
Bunday hajmlar texnologik kompaniyalar bozori yetuklikning yangi bosqichiga chiqayotganini ko‘rsatadi. Investorlar katta pul tikishga tayyor, davlat va xususiy fondlar esa ekotizimni rivojlantirishda tobora faol ishtirok etmoqda.
Nima bo‘ldi
- Click Qozog‘istonning Halyk Banki`dan 176 million dollar jalb qilgan holda reytingda birinchi o‘rinni egalladi.
- Uzum xalqaro investorlardan (Tencent, VR Capital, FinSight Ventures) 70 million dollar jalb qildi.
- Ichki investitsiyalar: IMAN Murod Nazarovdan $2 mln oldi.
- Aloqa Ventures 15 ta startapga (Gramir, Takleef, Tridmo, Renta, Kinestex, EGaranti va boshqalar) $1,1 mln sarmoya kiritdi.
Yangi aktiv fondlar:
- Yoshlar Ventures — birinchi sarmoyalar: Educoin, Hisobchi AI, Inter AI, Tilmoch (20-50 ming dollardan).
- SQB Ventures (SQB banki qoshida) Verifix’ga 100 ming dollar sarmoya kiritdi.
- Asosiy e’tibor sun’iy intellekt va SaaS`ga qaratilgan bo‘lib, aksariyat bitimlar pre‐seed bosqichida.
- Deyarli barcha kompaniyalar Toshkentda joylashgan, faqat ikkitasi Jizzaxdan.
- O‘rtacha investitsiya cheki — taxminan 67 ming dollar (kichik startaplar uchun).
Tendensiyalar
Xususiy sarmoyadorlar kamroq, ammo yirik sarmoyalar bilan faoliyat yuritadi; davlat jamg‘armalari ko‘plab “mayda” bitimlarni amalga oshiradi. Startaplar uchun dastlab davlat jamg‘armalari orqali mablag‘ jalb qilish, o‘sishni oshirish, keyin esa xususiy kapitalga murojaat qilish foydaliroq.
Bozor tez rivojlanmoqda — bir necha yildan keyin kirish sezilarli darajada qimmatroq bo‘ladi.
Mohiyat
III chorak boshiga kelib, Aloqa Ventures kabi fondlar allaqachon 52 dan ortiq startaplarni moliyalashtirib, 5,62 million dollar sarmoya kiritgan. ICT Week 2025’da Investors Room’da allaqachon Educoin bilan 20,7 ming dollarlik, Hisobchi AI bilan 37,5 ming dollarlik, Inter AI bilan 38 ming dollarlik bitimlar tuzilgan.
Markaziy Osiyodagi venchur hisobotlaridan ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda mahalliy fondlarning faolligi ortib bormoqda va fondlarning umumiy kapitali ko‘paymoqda.