Nima o‘zgaradi
“Reklama to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar loyihasiga ko‘ra, reklama vaqti yoki maydonining kamida 10 foizi ehtimoliy moliyaviy oqibatlar to‘g‘risida ogohlantirish uchun ajratilishi kerak.
Bu nega kerak
Tashabbusning maqsadi aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish va qarz olishga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishdan iborat. Qo‘mita fuqarolarni shartnoma imzolashdan oldin o‘z moliyaviy imkoniyatlari, kredit shartlari va majburiyatlarini sinchkovlik bilan baholashga chaqiradi.
Mohiyat
Mikroqarzlar va iste’mol kreditlari ko‘pincha “tezkor yechim” sifatida targ‘ib qilinadi, ammo qarz yukiga olib kelishi mumkin. Yangicha yondashuv ana shunday xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan.
Keyin nima bo‘ladi
Tuzatishlar belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak. Qabul qilingan taqdirda, barcha bozor ishtirokchilari reklamani joylashtirishda yangi talablarga rioya qilishlari shart bo‘ladi.