Nega bu muhim
Reytingning oshishi mamlakatning islohotlar va iqtisodiy o‘sishdagi muvaffaqiyatlarini tasdiqlaydi, uning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini oshiradi. Shu bilan birga, bu bozorlarga defolt xavfini kamaytirish va tashqi pozitsiyalarni yaxshilash uchun signal bo‘ladi.
Nima bo‘ldi
- O‘zbekistonning S&P reytingi “BB-”dan “BB”ga ko‘tarildi.
- Reyting prognozi “barqaror” deb saqlandi.
- Agentlikning ta’kidlashicha, 2025-yilning dastlabki uch choragida iqtisodiyotning o‘sishi taxminan 7,6 foizni tashkil etdi, investitsiyalar yalpi ichki mahsulotning 32 foizini tashkil etadi.
- Mamlakatning xalqaro zaxiralari oltinning yuqori narxi tufayli 59 milliard dollargacha oshdi; eksportda oltinning ulushi — 40%.
- Xavf omillari orasida: davlat xarajatlari va tashqi majburiyatlarning o‘sishi, loyihalarning rentabelligi.
Mohiyat
Bungacha 2025-yil may oyida S&P O‘zbekiston bo‘yicha prognozni «ijobiy»ga o‘zgartirib, reytingini “BB-” darajasida qoldirgandi.
“BB” reytingi hali ham noqulay investitsiya sinfiga (non-investment grade) tegishli. Biroq uning o‘sishi oldingi darajadan oldinga tashlangan qadamdir.