Nima uchun bu muhim:
Lanchjouda yuklarni birlashtirish va yo‘nalishni subsidiyalash Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston yo‘nalishida multimodal tashuvlarning raqobatbardoshligini oshiradi.
Nima bo’ldi:
- “Gansu International Logistics Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Lanchjou shahrida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” yig‘ish punkti ochildi.
 - Xitoyning qator logistika kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
 - Gansu provinsiyasi tomonidan transport subsidiyalari uzaytirilishi tasdiqlandi.
 - Mintaqaning yuk tashish va tranzit salohiyatini oshirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
 
Nima deyishdi:
Chjan Yun, Gansu savdo departamenti rahbari: “Biz yo‘nalishlarni subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyormiz — bu ikkala tomon uchun ham, butun mintaqa rivoji uchun ham foydalidir”.
Kontekst:
- Lanchjou — Yangi Ipak yo‘lining muhim logistika markazi.
 - O‘zbekiston Rossiyaning an’anaviy yo‘nalishlarini aylanib o‘tuvchi yo‘nalishlarni rivojlantirish orqali Xitoy transport yo‘laklarida ishtirokini faollashtirmoqda.
 - “O‘ztemiryo‘lkonteyner” O‘zbekistondagi yetakchi konteyner operatori bo‘lib, xorijda yig‘ish punktlari tarmog‘ini kengaytirmoqda.