Bu nega muhim: Belgili mehmonxona 1997-yilda InterContinental nomi bilan ochilganidan beri birinchi marta brendini o‘zgartirmoqda. Bu Rossiya operatorlarining O‘zbekiston mehmonxona bozoridagi mavqeining kuchayishini aks ettiradi. Azimut mintaqada portfelni kengaytiradi va premium segmentga e’tibor qaratadi.
Nima bo’ldi:
- International Tashkent Azimut Hotels»boshqaruviga o‘tkazildi.
- Yangi brend — Azimut Grand Hotel Tashkent.
- Bu poytaxtdagi tarmoqning ikkinchi obyekti: avvalroq 4 yulduzli mehmonxona ochilgan — Azimut Hotel Tashkent (sobiq “Moderno”).
- Bino 2023-yilda Smart Fast Stroy kompaniyasiga 26 million dollarga sotilgan.
- 2012-yilgacha mehmonxona InterContinental tomonidan boshqarilgan.
Mohiyat:
- International Tashkent — mamlakatdagi birinchi hashamatli mehmonxonalardan biri bo‘lib, 1997-yilda ochilgan.
- Yangi strategiya doirasida Azimut Osiyo va Yaqin Sharqda 5 tagacha obyekt ochishni rejalashtirmoqda.
- O‘zbekiston MICE va turizm infratuzilmasini faol rivojlantirmoqda — xalqaro tajribaga ega brendlarga talab ortib bormoqda.
- Rossiya mehmonxona tarmoqlari (shu jumladan, Cosmos va Amaks) G‘arb brendlarining ketishi fonida O‘zbekistondagi ishtirokini kengaytirmoqda.