Nima uchun bu muhim:
TON Wallet orqali O‘zbekistonga rasman kirib kelmoqda. Bu Telegram`da mahalliy kripto-servislarni ishga tushirish yo‘lidagi birinchi qadamdir — endi regulyatorning roziligi bilan.
Nima bo’ldi:
- 18-iyul kuni ILMA TGHamyon kripto depozitariysiga litsenziya berdi.
- Kompaniya Wallet Global Ventures egasi bo‘lgan Wallet Telegram hamyoni bilan bog‘langan.
- Avvalroq Wallet O‘zbekistondagi ofis rahbarini qidirayotgandi — tayyorgarlik ishlari olib borilayotgandi.
- Bu mamlakatdagi oltinchi kriptodepozitariy litsenziyasidir.
Mohiyat:
- ILMA 2022-yildan buyon O‘zbekiston kripto bozorini tartibga solib kelmoqda.
- Wallet Telegram-hamyoni TON, BTC, USDTni saqlash imkonini beradi — endi u O‘zbekiston qonunchiligida ishlaydi.