Nima uchun bu muhim:
Yashil iqtisodiyotga o‘tish barqaror xomashyo manbalarini talab qiladi. O‘zbekiston Xitoy sarmoyasi ko‘magida global energiya almashinuvi uchun strategik materiallarning mintaqaviy yetkazib beruvchisiga aylanishi mumkin.
Nima bo’ldi:
- “Yashil” foydali qazilmalarni qazib olish uchun $500 mln miqdorida qo‘shma fond tashkil etish muhokama qilinmoqda;
- Muzokaralar Geologiya vazirligi rahbarining birinchi o‘rinbosari va Xitoy tadbirkorlari uyushmasi vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi;
- Qo‘shma tadqiqotlar va ekspert guruhlarini shakllantirish ko‘rib chiqiladi;
- Ekologik standartlarni unifikatsiya qilish, kadrlar tayyorlash va “yashil” moliyalashtirish bo‘yicha tashabbuslar muhokama qilinadi;
- Uchrashuv “yashil” qazilmalar bo‘yicha Toshkent forumidan so‘ng bo‘lib o‘tdi.
Mohiyat:
O‘zbekiston “toza” energetika uchun zarur bo‘lgan litiy, mis, nodir va rangli metallar zaxiralariga ega. Xitoy bunday materiallarni qayta ishlash va sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Potensial hamkorlik texnologiya va bozorlarga yo‘l ochadi.