Nega bu muhim
Burger King — bozor ochiqligining xalqaro indikatorlaridan biri. Yirik fastfud brendlarining ishga tushirilishi xorijiy investorlar uchun sharoitlar yaxshilanishda davom etayotganini va O‘zbekiston iste’mol bozori jozibador hisoblanishini ko‘rsatadi.
Nimalar ma’lum
- Brend litsenziyasini International Beverages Tashkent kompaniyasi olgan.
- Burger King‘ning birinchi filiallari yaqin 2-3 oy ichida ochilishi mumkin, mo‘ljal — 2025-yil oxiri.
- Toshkentdagi “Alpomish” muz saroyi yaqinida “Tez orada ochiladi” bannerlari paydo bo‘ldi.
- Shuningdek, Tashkent City Mall, Seoul Mun ham lokatsiyalar qatorida ko‘rib chiqilmoqda.
- Rejaga ko‘ra, Toshkent Burger King kompaniyasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy shtab-kvartirasiga aylanishi mumkin va litsenziya nafaqat O‘zbekistonga, balki butun mintaqaga taalluqlidir.
Mohiyat
Burger King 2021-yilda Moskvadagi franchayzing kompaniyasi orqali O‘zbekistonga kirishga urinib ko‘rgan edi. Toshkentda uchta nuqta (Bobur, Atlas, Chilonzor) e’lon qilingan, lekin loyiha amalga oshmagan — sabablari rasman oshkor etilmagan. Ba’zi bannerlar o‘sha paytda ham olib tashlanmagan.
Endilikda yirik ichimliklar ishlab chiqaruvchi (Pepsi, 7UP, Mirinda, Lipton) IBT kompaniyasi eksklyuziv litsenziyaga ega bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistonga investitsiyalarni faol jalb qilayotgan IHC (International Holding Company, BAA) guruhiga tegishli.
Burger King o‘zbek fastfudida ikkinchi yirik xalqaro o‘yinchiga aylanadi.